Bojxona organlari tomonidan mamlakatimizga aksiz markalari bilan markalanmagan va sifatini kafolatlovchi hujjatlari bo‘lmagan tamaki hamda alkogol mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan mamlakatimizga kirib kelayotgan fuqaro Yu.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganida avtomashina salon qismiga va yukxonasidagi qo‘shimcha g‘ildiragi ichiga ustalik bilan joylangan, xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan hamda aksiz markalari bilan markalanmagan
5 dona 5 litr hajmli sellofan paketlarda jami 25 litr spirtli ichimliklar va 32 dona 14,4 litr alkogolli energetik ichimliklar yashirilganligi aniqlandi.
Yana bir shunga o‘xshash holatda mazkur post orqali O‘zbekistonga kirish uchun harakatlangan fuqaro Yu.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi ham bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, mashinada bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan hamda aksiz markalari bilan markalanmagan avtotransport vositasining oldi eshiklari orasiga va yukxonasi ichiga yashirilgan 500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi