
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Zangiota tumanida qalbaki 5 000 AQSH dollarini muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.Yu., D.X., R.A. va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, fuqaro D.ga qalbaki 100 AQSH dollarini haqiqiy 50 AQSH dollariga sotishga kelishib, qalbaki 5 000 AQSH dollarini 2 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar