Prezident Shavkat Mirziyoyev OAV vakillari bilan uchrashuv vaqtida «Shovvozsoy» dam olish zonasi haqida berilgan savolga javob berdi.
— Hurmatli Prezident, ijtimoiy tarmoqda ko‘p muhokamaga sabab bo‘lyapti, «Shovvozsoy» dam olish zonasi bilan bog‘liq axborot tarqaldi va ayni shu mavzuga sizning munosabatingizni bilishni istardik.
— Bu «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning davlat korxonasi. Hech kim u yerda turib, yashamaydi yoki birovga o‘tkazilgani yo‘q. U davlatning joyi. Prezidentning nima aloqasi bor? Prezident ham agar qandaydir martabali, O‘zbekistonga foydasi tegadigan inson kelsa, boradi.
Aytmaysizlarmi, Prezident bilan biz piyoda yuramiz, sizlar ham kelib, bir marta piyoda yurib ko‘ringlar, keyin Prezident 5 yilda necha marta dam olibdi ekan, degan savolni nega bermaysizlar? — deydi Shavkat Mirziyoyev.
— Shukhrat (@bankir2102) March 18, 2021
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda «Shovvozsoy» dam olish maskani O‘zbekiston rahbariyati uchun qurilgani haqida taxminlar paydo bo‘lgan edi. Shundan so‘ng «O‘zbekiston temir yo‘llari» ushbu xabar asossiz va noxolis ekani haqida axborot berdi.
Kompaniyaning eslatishicha, Vazirlar Mahkamasining 2010 yildagi qaroriga asosan, Ugam-Chotqol milliy tabiat bog‘i tasarrufidagi «Shovvozsoy» o‘rmon xo‘jaligi yerlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasiga temir yo‘lchilar va ularning oila a’zolari, kompaniyaning xorijiy hamkorlari, mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun zamonaviy ekoturizm maskanini barpo etish hamda mavjud ekotizimni saqlab qolish maqsadida ajratilgan.
«Bu yerda 2011 yildan boshlab, ya’ni 10 yil davomida bosqichma-bosqich qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilgan. Barcha investitsiyalar temir yo‘l kompaniyasining budjetdan tashqari mablag‘lari, jumladan, daromadlari hisobidan amalga oshirilgan», — deyiladi xabarda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 10 yil davomida dam olish maskani qurilishiga sarflangan investitsiyalar hajmi 495 milliard so‘mni tashkil etgan.
«Ushbu dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarida ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ bilan shartnoma va yo‘llanmalar asosida, temir yo‘lchilar bilan bir qatorda, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, turli vazirlik, idora va davlat tashkilotlari, mahalliy hokimliklar, shuningdek, respublika aholisi va chet ellik investorlar, hamkorlar va sayyohlarga ekoturizm va ekstremal turizm, salomatlikni mustahkamlash va qayta tiklash xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda», — deya qayd etilgan bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”