1 992
«Kasallanish har yuz ming aholiga 0,2 dan 0,4 ko‘rsatkichga ko‘tarildi» – Nurmat Otabekov
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilish ko‘rsatkichi sekin-asta ortib bormoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
«Koronavirusga qayd etilish ko‘rsatgichi mamlakatimizda ham sekin-asta ortib bormoqda. Oxirgi 3 oy davomida kasallikning qayd etilish darajasi har yuz ming aholiga 0,2 ko‘rsatkichda bo‘lgan bo‘lsa, oxirgi 3-4 kun mobaynida bu ko‘rsatkich 0,4 ga ko‘tarildi.
Kasallik aniqlanganlarning aksariyati bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish orqali kasallikni yuqtirib olgan.
Hozirgi kunda COVAX dasturi doirasida vaksinalarning muayyan qismi yetib keldi. Vaksinalar bilan aholini emlash uchun barcha tayyorgarliklarni ko‘rib qo‘yganmiz. Mahalliy hududlarda mahalliy mutaxassislardan iborat shtablar tashkil etilgan.
Barcha viloyatlarda emlanishi kerak bo‘lgan aholi qatlamining elektron bazasi, ya’ni ularni elektron ro‘yxatga olish tizimi amalga oshirilmoqda. Ular emlangandan so‘ng bu bazada emlanganlik haqida ma’lumotni ko‘rish mumkin», – deydi Nurmat Otabekov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 18 mart holatiga ko‘ra, bir sutka ichida 124 kishida koronavirus aniqlandi. Bu yil boshidan buyon qayd etilgan sutkalik rekord hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?