date
views 2 290

Qarshida beton to‘siqqa urilgani aytilgan Nexia-2 yonib ketdi (foto, video)

Qarshida beton to‘siqqa urilgani aytilgan Nexia-2 yonib ketdi (foto, video)
Foto: Kamil Faxrutdinov
Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida beton to‘siqqa urilgani aytilgan Nexia-2 yonib ketdi. Bu haqda «Qashqadaryo xalqi» Telegram-kanali ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, voqea bugun, 2021 yil 20 mart kuni sodir bo‘lgan.

Foto: Kamil Faxrutdinov
«Daryo» muxbiri bilan suhbatlashgan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sohib Vaitovning ma’lumot berishicha, bugun soat taxminan 11:50 da boshqarmaning dispetcherlik xizmatiga Qarshi shahrining Mustaqillik ko‘chasida YTHga uchragan avtomobilda yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
«Voqea joyiga 11:53 da yetib borgan Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, 2-yong‘in qutqaruv jamoasi yong‘inni o‘chirgan. Yong‘in natijasida hech kim jarohatlanmagan», — dedi Sohib Vaitov.

Foto: Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
Viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati mas’uli Javlon Baxtiyev «Daryo» so‘roviga javoban Nexia-2 beton to‘siqqa urilmaganini, boshqa bir avtomobilga urilishi oqibatida yonib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytib, aniq va rasmiy ma’lumotni tez orada ma’lum qilishini bildirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshida beton to‘siqqa urilgani aytilgan Nexia-2 yonib ketdi (foto, video)