2 003
Sergelida 500 dollar evaziga "tonirovka" uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati
Toshkent shahar Sergeli tumanida avtomashina oynalari tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda fuqaro S.N. va boshqalar fuqaro I.K.ning ishonchiga kirib, unga avtotransport vositasining orqa va old yon oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnomani YHXBda ishlovchi tanishlari orqali olib berishni va’da qilib, 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin