
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida erkak qizini ko‘rishga to‘sqinlik qilgani uchun o‘z turmush o‘rtog‘iga pichoq urdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Voqea 14 mart kuni soat 19:30 lar atrofida yuz bergan. X.A. voyaga yetmagan qizini ko‘rish uchun turmush o‘rtog‘i A.G. vaqtincha yashab kelayotgan uyga borgan. Ammo ayol eriga qizini ko‘rishiga to‘sqinlik qilgan va o‘rtada janjal kelib chiqqan. Oqibatda erkak oshxona pichog‘i bilan A.G.ning chap bel biqin sohasiga bir marotaba urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar