Kadr: UzReport
Hozir keskin va jiddiy karantin choralarini tiklashga asos bo‘ladigan holat emas. Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
- "Birinchidan, hurmatli yurtdoshlar, hozir aynan o‘sha keskin jiddiy karantin choralarini tiklashga asos bo‘ladigan holat emas. Shunday bo‘lsa-da, ehtiyot choralarimizni ko‘rib qo‘yishimiz kerak. So‘nggi 3 oyda kasallanish past darajada bo‘lib keldi, ozgina xotirjamlikka berilganimiz rost. Endilikda karantin tadbirlarini kuchaytiradigan bo‘lsak, avvalgilaridan farq qiladi.
Vaziyatning nechog‘lik murakkablashib ketishi o‘zimizga bog‘liq. O‘tgan yilda koronavirusga laboratorik va klinik tashxis qo‘yish, davolash, tarqalishining oldini olish choralarini to‘liq bilmasdik. Hozirgi kunga kelib, biz deylik, tibbiyot tizimi, ham aholi koronavirus xavfini yaxshi tushunib oldi va undan himoyalanish choralarini ham yaxshi bilamiz. Qolaversa, aholining ma’lum bir qismi ushbu kasallik bilan kasallanib o‘tdi, ularda immunitet shakllandi", - dedi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov.
Mutaxassis endilikda chora-tadbirlar, talab etiladigan holatlar hammaning yodida ekanini, qaysidir darajada ogohlik va xushyorlik immuniteti shakllanganini aytgan. «Vaziyat bizni boshqarmasin, biz hozir vaziyatni boshqaryapmiz. Imkoniyatlarni ishga solish orqali uni boshqara olsak, chigallashib ketishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Eng asosiysi vaziyat bizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak», — deydi Otabekov.
Otabekov kasallanishning ortishi haddan ortiq bemalolgarchilikga berilish, kasallik yuqib qolishi mumkin degan havotirning yo‘qolishi, niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofa saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va jamoat joylariga zarurat bo‘lmasa tashrif buyurmaslik kabi tavsiyalarga e’tiborsizlik ortib ketganiga bog‘liqligini qayd etdi.
Dam olish va sayr qilish istagida xorijiy davlatlarga borish, u yerlarda epidemik noxush hududlardan kelgan shaxslar bilan muloqotda bo‘lish COVID-19 infeksiyasi respublika hududiga olib kirilishiga sabab bo‘layotganini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi