Foto: «Vedomosti»
«EADaily» yozishicha, «Sputnik V» (Rossiya) koronavirusga qarshi vaksinalar orasida eng ommalashgani va tanish osoni. Sayt Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, Britaniyaning «YouGov» kompaniyasi to‘qqiz mamlakatda 9417 kishi o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan.
So‘ralganlarning 10 nafardan 7 nafari (74 foiz) Rossiya vaksinasidan xabardorligini bildirgan. Ko‘pchilik nisbatan yaxshiroq xabardor vaksinalar «top-3»ligiga «Pfizer/BioNTech» (69,2 foiz) va «AstraZeneca» (59,7 foiz) ham kirgan.
«YouGov» respondentlarining 54 foizi Rossiyani vaksinasiga ishonsa bo‘ladigan davlat sifatida tan olishini bildirgan. Respondentlarning 53,9 foizi AQSHga, 48,4 foizi Buyuk Britaniyaga ana shunday ishonch bildirgan.
Qaysi vaksina bilan emlanishni istaysiz?
Bu savolga javoblardan bilish mumkinki, ko‘pchilik «Pfizer/BioNTech»ni xohlamoqda — so‘ralganlarning 36,6 foizi. Rus vaksinasini istovchilar — 33,2 foiz, respondentlarning 26,5 foizi «SinoVac» (Xitoy) vatsinasi bilan emlanishga tayyorligini bildirgan.
Ushbu so‘rov 18 fevraldan 3 martga qadar Hindiston, Braziliya, Meksika, Filippin, Vetnam, Argentina, Jazoir, BAA va Serbiya kabi Yer sharining 2 mlrd.dan ziyod aholisi yashovchi mamlakatlarida o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi