1917 yilgacha bo‘lgan tarixiy hujjatlar, xususan, Turkiston general gubernatori konselyariyasiga tegishli hujjatlar maxfiylikdan chiqarilgani ma’lum qilindi.
«O‘zarxiv» agentligining Milliy matbuot markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida agentlik direktori Ulug‘bek Yusupov joriy yil o‘tgan davri mobaynida agentlik tomonidan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Ulug‘bek Yusupovning ta’kidlashicha, tarixchilarni qiynab kelgan muammolardan biri Turkiston general gubernatorining 1917 yilgacha bo‘lgan arxiv materiallari maxfiy hujjatlar qatoridan chiqarilgan.
«Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda 1917 yilgacha bo‘lgan tarixiy arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqardik. Jami to‘rtta fonddagi bu hujjatlar uzoq yillar tarixchilarni o‘ylantirib kelgan edi. Masalan, Turkiston general gubernatori konselyariyasiga tegishli bo‘lgan yig‘ma jildlar maxfiylikdan chiqarildi.
Endilikda tarixchilar arxiv o‘quv zallariga kelib mana shu hujjatlar bilan tanishishlari va tadqiqotlarida foydalanishlari mumkin», dedi «O‘zarxiv» direktori.
O‘zbekiston Milliy arxivi respublikadagi yagona va Markaziy Osiyodagi eng yirik arxivlardan biri bo‘lib, O‘zbekiston Milliy arxivi bugungi kunda 3 mingdan ortiq fondlarda 1mln. 800 mingdan ortiq saqlov birligida hujjatlar saqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi