Turli nayranglarni qo‘llagan holda yurtimizga tovar moddiy boyliklarini yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti hamda Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi, “Toshkent-tovar” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida faoliyat olib boruvchi korxona nomiga keltirilgan xo‘jalik tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, tovarlarga tegishli yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, taxminiy qiymati 193,6 mln. so‘mlik yong‘in xavfsizligi anjomlari hamda plastik quvurlar uchun maxsus dazmollar borligi aniqlandi. Xozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda