08:30 / 31.03.2021
1 866

355 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

355 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Farg‘ona tumanining chegara oldi hududida yashovchi fuqaro X.M.ga tegishli yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 60 million so‘mlik 5 turdagi 355 dona uyali aloqa vositalari mavjudligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 355 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi