
Bugun, 31 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi binoning bir qismi qulagani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Qurilish vazirligi munosabat bildirdi.
«Ushbu bino “ADVICE AND SOLUTIONS” MCHJga tegishli bo‘lib, Yunusobod tumani, A.Qodiriy ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan. Bino o‘zi qulamagan, balki joriy yilning 28 mart kuni inshootni rekonstruksiya qilib, biznes markazi binosiga ixtisoslashtirish maqsadida, demontaj ishlari olib borilayotgani sababli reja asosida qulatilgan. Binoning bir qismini buzish chog‘ida hech kimga moddiy va jismoniy zarar yetmagan», deyiladi vazirlik munosabatida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar