
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar faoliyatiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro K.R. “Kobalt” rusumli avtoransport vositasiga joylangan, umumiy qiymati 55,5 million so‘mlik jami 150 dona “Remdesevir for Injection 100 mg/vial” nomli dori vositalarini shartli xaridorga noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar