Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarifni qabul qildi. Bu haqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi ahvoli va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan murakkab sharoitlarga qaramay O‘zbekiston-Eron munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Vazir Muhammad Javad Zarif, o‘z navbatida, samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik masalalariga, savdo aloqalarini rivojlantirish va yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Eronning dengiz portlaridan samarali foydalanish hamda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yo‘lagini rivojlantirish muhim ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning tomonlarni qiziqtirgan dolzarb jihatlari, shu jumladan mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va Afg‘onistonda tinchlik jarayonini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Eron tashqi siyosiy idorasi rahbari O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha tinchlik muzokaralariga ko‘maklashish, ushbu mamlakatni mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikka jalb etish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi