08:00 / 06.04.2021
2 264

13 nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi. Ularning 3 nafari sobiq sudyalar

13 nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi. Ularning 3 nafari sobiq sudyalar
Bir necha oy muqaddam qator bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida poytaxt ma’muriy sudlarining ayrim sudya va sud xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganiga oid xabarlar tarqalgandi. Sudyalar oliy kengashi tomonidan, tergovga ta’sir etishi ehtimolidan kelib chiqib, o‘sha paytda ularga izoh yoki munosabat bildirish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan edi. Mazkur holat bo‘yicha Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bayonot berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida sobiq sudyalar, sud xodimlari va boshqa sudlanuvchilarga nisbatan hukm o‘qildi.

Jinoyat ishi doirasida 13 nafar shaxs sudlanuvchi sifatida jalb etilgan bo‘lib, ularning 3 nafari sobiq sudya, 3 nafari sobiq sudya yordamchilari, 7 nafari Toshkent shahar IIBB YXHB sobiq xodimlaridir.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining «a,v» bandlari (juda ko‘p miqdordagi o‘zganing mulkini uyushgan guruh tomonidan o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi 2-qismining «a,b» bandlari (mansab soxtakorligi) va 227-moddasi 2-qismining «a» bandi ( o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarni egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan aybli deb topildi va tegishli jazolar tayinlandi.

Hukm chiqarishda dastlabki tergov davrida aniqlangan 3 353 456 647 so‘m zarardan 2 991 456 647 so‘m qoplangani e’tiborga olingan (avval tarqatilgan xabarlarda zarar miqdori 8 mlrd. so‘mdan ko‘p ekaniga urg‘u berilgan).

Ayni paytda sudlanuvchilarning shaxsi va jinoyat ishi tafsilotlari ochiqlanishi maqsadga muvofiq emas. Chunki, hukm qonuniy kuchga kirmagan. Qonuniy kuchga kirmagan hukm bo‘yicha sudlanuvchilarning shaxsi va ish tafsilotlarini ochiqlash aybsizlik prezumpsiyasi tamoyiliga zid hisoblanadi. Hukmga nisbatan sudlanuvchilar tomonidan apellatsiya shikoyati berilgan.

Pirovardida, Kengash matbuot xizmati ushbu sobiq sudyalar faoliyati (jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga qadar) o‘rganilib, yo‘l qo‘ygan jiddiy xato va kamchiliklari uchun Sudyalar oliy kengashi tomonidan vazifasidan ozod etilganini alohida qayd etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 13 nafar shaxsga sud hukmi o‘qildi. Ularning 3 nafari sobiq sudyalar