Shu yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi. Bu haqda «Uzbekistan Airways» xabar berdi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha uchishni boshlash uchun Rossiyaga kelishdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan holda PZR-test (rus yoki ingliz tilida) o‘tkazish talab qilinadi. Mazkur reysga O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiya Hukumatining 16.03.2020 yildan 635-p farmoyishi asosida Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritilishi mumkin.
«Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun chiptalarni tezlashtirib xarid qilish xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat etmasligingizni so‘raymiz. Chiptada ko‘rsatilgan va siz to‘lagan narxni taqqoslashingizni qattiq tavsiya etamiz. Aviachipta aviakompaniyaning rasmiy saytida xarid qilinsa, 3 foiz chegirma amal qiladi»,— deyiladi kompaniya ma’lumotida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi