20:15 / 08.04.2021
2 832

Shavkat Mirziyoyev: Ishlamagan odamlar yo‘limizga to‘siq bo‘lyapti

Shavkat Mirziyoyev: Ishlamagan odamlar yo‘limizga to‘siq bo‘lyapti
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish va joriy yilda aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosi bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etildiki, o‘tgan yilda kichik biznes sub’ektlariga jami 120 trillion so‘mlik kredit va moliyaviy yordamlar ajratildi.

Shundan, 86 trillion so‘mlik kredit ajratildi, 21 trillion so‘mlik kredit to‘lovi kechiktirildi, 12 trillion so‘mlik subsidiya va soliq imtiyozlari berildi. Natijada pandemiyadan zarar ko‘rgan 104 mingdan ortiq korxonalar faoliyati tiklanib, xususiy korxonalar pul aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga o‘sdi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi ishlarga tanqidiy baho berdi.

- Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlamagan rahbar bugungi siyosatga xiyonat qilgan bo‘ladi. Hamma sharoitni qilib beryapmiz. Viloyat hokimlariga hamma hamkorlarni topib beryapmiz. Faqat harakat qilish kerak. Hamma viloyatda imkoniyatlar bor. Mahsulotni sifatli va qimmat sotishni o‘ylash kerak», deya ta’kidladi Prezident viloyat hokimlariga qarata. Ishlamagan odamlar yo‘limizga to‘siq bo‘lyapti.

Har bir hokim yangicha ishlash va yangicha fikrlarga o‘tmas ekan, odamlar bizdan norizo bo‘ladi.

Biz qanchalik ko‘p mablag‘ berganimiz, shart-sharoitlar yaratganimiz bilan, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari dunyoqarashini o‘zgartirib, tadbirkor bilan do‘st bo‘lib, yangicha ishlamasa, natija va samara bo‘lmaydi
, dedi davlatimiz rahbari.

Joriy yil birinchi choragida 27 mingta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etildi. Tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga (25,6 trillion so‘m berilgan) o‘sdi. Lekin ayrim hudud va sektor rahbarlari yaratilgan bu imkoniyatlardan haligacha to‘liq foydalana olmayapti.

Misol uchun, salohiyati yuqori bo‘lgan Qashqadaryo viloyatida kichik biznes ishlab chiqargan sanoat mahsulotlari hajmi aholi jon boshiga atigi 1,9 million so‘mga to‘g‘ri kelib, bu – respublika ko‘rsatkichidan 2 baravar past (3,5 million so‘m).

Qashqadaryoda aholi jon boshiga yillik xizmat ko‘rsatish hajmi, 3 million so‘mdan oshmagan yoki boshqalardan 2 baravar kam. Ushbu viloyatda har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan kichik biznes sub’ektlari soni atigi 4 ta, ularda ishlovchilar soni 16 nafardan iborat (respublikada har ming aholiga 6 ta tadbirkorlik sub’ekti va ularda ishlovchilar soni 30 tani tashkil qiladi).

Navoiy viloyatidagi 7 mingdan ortiq tadbirkorlar (24 foiz) muammolar yechilmayotgani, ular faoliyatiga to‘sqinliklar bo‘layotgani haqida murojaat qilgan. Bu – hududlar ichida eng salbiy ko‘rsatkich.

Navoiydagi jami 10 ta kichik sanoat zonasining 72 gektar yoki 66 foiz yeriga birorta loyiha joylashtirilmagan. Shuningdek, Navoiyda har bir kichik biznes sub’ekti tomonidan yiliga 1 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, soliq tushumi 30 million so‘mni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: Ishlamagan odamlar yo‘limizga to‘siq bo‘lyapti