date
views 4 919

Ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxi nega keskin oshib ketdi?

Ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxi nega keskin oshib ketdi?
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ichki bozorda o‘simlik yog‘i mahsulotlari narxlari o‘zgarishi haqida ma’lumot berdi.

«Joriy yilning mart-aprel oylarida kungaboqar va paxta yog‘lari narxlari keskin oshganligi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda.

Holatdan kelib chiqib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda o‘simlik yog‘i mahsulotlari narxlari o‘zgarishi tahlil qilib borilmoqda.

Sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq respublika bo‘yicha yiliga 300 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i talab etiladi.

2020 yilda aholi iste’moli uchun 450 ming tonnadan ziyod o‘simlik yog‘i muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shundan yarmidan ortiqrog‘i import qilingan.

Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga birinchi navbatda tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta’sir etdi.

O‘z navbatida, import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ham ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagilarga asosan, ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rayotganligi ma’lum qilinadi» deyiladi Qo‘mita matbuot xizmati xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxi nega keskin oshib ketdi?