O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri muloqot qilish, ularning muammolarini bevosita joyida aniqlash va bartaraf etish maqsadida joriy yilning 08-09 aprel kunlari Byuro direktorining o‘rinbosari Zokirjon Xolmuxamedov rahbarligida Surxondaryo viloyatining Sherobod va Denov tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Mazkur sayyor qabullar davomida jami 30 dan ortiq Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglanib, shundan 13 tasi mas’ullar tomonidan shu kunning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar ham nazoratga olinib, ularni tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqib, tez fursatlarda hal etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Aytish o‘rinliki, mazkur sayyor qabul davomida ko‘rib chiqilgan aholi murojaatlarining asosiy qismini sud qarorlarini ijrosini ta’minlash ayniqsa aliment qarzdorligini undirish bo‘yicha qilingan murojaatlar tashkil etdi.
Denovlik Akmaljon Maqsudov ham qabulda ishtirok etib, bir yil avval tumandan 22 ming 500 AQSH dollariga uy sotib olganligi biroq uyni sotgan Tansuk Sharipova va uning qarindoshlari sud qarori bo‘lsada uyni bo‘shatib bermayotganligini bildirdi.
Ushbu faqaroning murojaati nazoratga olinib, majburiy ijro harakatlari taynlandi va shu kunning o‘zida Akmaljon Maqsudovning huquqlari tiklanib, uy-joy egaligiga olib berildi.
Yakunda ayrim murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganib chiqish bo‘yicha mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi. Albatta, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotganligi bilan yanada ahamiyatli bo‘lmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi