08:56 / 14.04.2021
2 011

«Yoshlar daftari»dagi yoshlarga dehqonchilikni boshlash uchun 2 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi

«Yoshlar daftari»dagi yoshlarga dehqonchilikni boshlash uchun 2 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Yoshlar bandligini masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident yoshlarni qishloq xo‘jaligiga jalb qilish masalasiga to‘xtaldi.

«Tizimni yo‘lga qo‘ysak, yoshlarga imkoniyat bersak, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha natijaga erishamiz. Oziq-ovqat xavfsizligi yerdan chiqadi, osmondan tushmaydi.

To‘g‘ri, shakar yetishtira olmaymiz. Jizzaxdagi suv omborini lavlagi yetishtirish uchun o‘rganinglar degandim. Shakar va o‘simlik yog‘i katta muammo, bu faqat bizda emas, butun dunyo bo‘ylab kun sayin narxi oshib boryapti.

Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, «yoshlar daftari»ga kirgan va dehqonchilik qilayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xaridi uchun 2 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

G‘aniyev, Husanov, Haitov bir hafta muddatda subsidiyaga ehtiyoji bor yoshlarning «mahallabay» ro‘yxatini shakllantirib, mablag‘ ajratishni boshlasin.

Ishmetov ikki oy muddatda subsidiyalar berishning ochiq-oshkoraligini ta’minlash maqsadida «elektron platforma»ni ishga tushirsin va ijrosini shaxsan nazoratga olsin.

Viloyat, tuman (shahar) moliya bo‘limi boshliqlari o‘zi yurib, mahallabay yoshlar bilan uchrashib, byurokratiya va korrupsiyasiz subsidiya ajratishga shaxsan javobgar.

Qo‘chqorov, Qudbiyev, Ishmetov har oyda yoshlar tadbirkorligi va bandligi masalalari bo‘yicha hokimlar va sektor rahbarlari faoliyatini tahlil qilib, yaxshi ishlaganlarga oyligiga 50 foizgacha ustama berish tizimini yo‘lga qo‘ysin. Ishladimi, qandini ursin, pulini olsin. Qancha qiyin bo‘ladi, qancha katta pul ketadi, uyog‘ini sizlar o‘ylamanglar
», dedi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Yoshlar daftari»dagi yoshlarga dehqonchilikni boshlash uchun 2 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi