2 674
Olmaliqda sotuvchilarning buyumlarini tortib olgan uch nafar soliq xodimi ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida sotuvchilarning buyumlarini zo‘rlik bilan tortib olgan soliqchilar aks etgan video tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muzaffar Nazarov «Zamon.uz»ga holat yuzasidan intervyu berdi.
Nazarovning ta’kidlashicha, videodagi holat Davlat soliq qo‘mitasining hozirgi siyosatiga umuman to‘g‘ri kelmaydi.
«Davlat soliq xizmati organlari fuqarolarga nisbatan hech qachon kuch ishlatishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bugungi kunda soliq organlari tadbirkorlarga ko‘makchi bo‘lib, ularning qonuniy faoliyat yuritishlarida amaliy yordam berishga doim harakat qiladi», – deydi Muzaffar Nazarov.
Shuningdek, Muzaffar Nazarovning ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tezkor ravishda xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra, voqea aybdorlari bo‘lgan uch nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilingan va barcha maxsus unvonlari bekor qilingan.
Bundan tashqari, Olmaliq shahar davlat soliq inspeksiyasining boshlig‘i, uning o‘rinbosari hamda Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘iga ham tegishli intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
— Shukhrat (@bankir2102) April 15, 2021“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi