Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi mexanizm ko‘ngildagidek ishlab ketmayotgani, rivojlanish xalq kutayotganday bo‘lmayotganini ma’lum qildi.
“Viloyatlar, jumladan Samarqand rivojlanishi uchun bu pullar oson topilyapti, oson berilyapti, deb o‘ylasangiz adashasiz. Har safar viloyatlarga borsam, og‘ir yuk bilan qaytaman. Chunki endi bu mablag‘ni qayerdan topib beraman, deb kamida 5-10 kun o‘ylayman. Lekin har qancha qiyin bo‘lmasin shu pullarni topib beryapmiz-ku. Chunki Samarqanddagi mexanizm ko‘ngildagidek ishlab ketmayapti, rivojlanish xalqimiz kutayotganday bo‘lmayapti.
Agar ana shu tizim ishlab ketsa, Samarqand kabi viloyatlarga hech qanday yordamning keragi yo‘q. O‘z mahalliy budjetida 1 trln mablag‘ qilib olsa, markazdan mablag‘ ajratishga hojat qolmasdi. Buning uchun quyi bo‘g‘inlardagi rahbarlar dunyoqarashi o‘zgarishi kerak. Samarqandni birinchi o‘ringa chiqarsak bo‘ladi, namuna qilsak bo‘ladi”, dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi