2021 yilning 5 aprel kuni soat 21:00 larda 25 yoshli G‘.Ilhom, 24 yoshli Q.Akmal va 22 yoshli E.Jahongirlar Mingbuloq tumani «Kichik Jomasho‘y» mahallasida joylashgan «Vodiy» umumiy ovqatlanish oshxonasida ularga xizmat ko‘rsatayotgan 19 yoshli Y.Gulmiraga shilqimlik qilishadi.
Bezorilar uni sochidan ushlab tortganlarida ularni tinchlantirmoqchi bo‘lgan 31 yoshli B.Zokirjonni hech bir sababsiz urib do‘pposlashadi. Bu harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan 46 yoshli N.Adhamjon va 27 yoshli S.Burgutalilarga ham qarshilik ko‘rsatib, ularni urib, pichoq bilan S.Burgutalining son qismiga jarohat yetkazishadi.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasida B.Zokirjon va N.Adhamjonlar «yengil» hamda S.Burgutali «o‘rtacha og‘ir» tan jarohatlari olganliklari ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mingbuloq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongirlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a,g» bandlari (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.
Tergov harakatlari jarayonida, G‘.Ilhom, Q.Akmal va E.Jahongirlar ushbu umumiy ovqatlanish oshxonasida ofitsiant bo‘lib ishlovchi Y.Gulmirani ular bilan birgalikda bir stolda o‘tirib ovqatlanishga majburlab, turli uyatli xatti-harakatlar sodir etganliklari sababli ushbu jinoyat kelib chiqqanligi aniqlangan. Hozirda tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi