Ayrim shaxslar tomonidan yirik miqdordagi tovar-moddiy boyliklarni yurtimiz hududiga turli qing‘ir yo‘llar orqali olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan ana shunday qing‘irliklardan yana biri fosh etildi.
Unga ko‘ra, xorijdan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan 259 ming 200 dona “mevali salqin ichimliklar” bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, jamiyat vakillari bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning netto vaznlarini kam ko‘rsatganligi, ekspertiza xulosasiga asosan tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodini bojxona stavkalari past bo‘lgan tovar kodlari asosida tasniflanganligi aniqlandi.
Shuningdek,mazkur tovarlarning ko‘zdan kechiruvi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.02.2020 yildagi
PQ-4594-sonli qaror talablariga asosanishlab chiqaruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida) markirovka qilinishi lozim bo‘lsada, ularning qadog‘ida o‘zbek tilidagi markirovka mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.
Qiymati 1 mlrd. 166 mln. so‘mlik mazkur ichimliklar yorliqlanishi bo‘yicha foydalanishga yaroqsiz ekanligi natijasida vaqtincha savlovga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi