Bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, DXX Namangan viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida joylashgan “Do‘stlik” xalqaro nazorat o‘tkazish maskanida Namangan shahrida yashovchi ayol N.N. o‘zining 2 nafar tanishini Turkiya davlatiga fohishalik qilish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlandi.
Aniqlanishicha, 1987 y.t. N.N. joriy yilning mart oyida Turkiya davlatidan doimiy yashash manziliga qaytib kelgach, 1990 va 1993 y.t. ikki nafar tanish ayollarini Istanbul shahrida fohishalik bilan shug‘ullanib, mo‘may pul topishga qiziqtiradi.
So‘ngra Turkiyaga Qirg‘iziston orqali ketishlarini aytib, ularga o‘z hisobidan Bishkek-Istanbul aviareysiga chiptalar xarid qiladi, shuningdek, viza hamda chet elga chiqish pasportlari uchun to‘lovlarni ham amalga oshiradi.
Bu bilan ularni o‘ziga moddiy jihatdan qaram qilib, manzilga yetib borganlaridan keyin bir oy davomida fohishalik qilish orqali sarflangan yo‘l xarajatlarini qoplashlarini hamda har oyda ishlab topgan pullarining 30 foizini berishlarini talab qiladi.
Ta’kidlash lozimki, N.N. Turkiyada bo‘lgan davrida O‘zbekistondan olib borilgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab kelgan.
Hozirda N.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi