
Bojxona organlari tomonidan tovarlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzilishi holatini o‘z vaqtida fosh etishdi.
Tadbir davomida Oltinko‘l tumani hududida harakatlanib ketayotgan fuqaro B.A. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda to‘xtatilib, transport vositasi saloni va yukxonasi ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, 420 quti “Imudon” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tadbir natijasida umumiy qiymati 63 000 000 so‘mlik “Imudon” nomli dori vositalari ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar