Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga chek qo‘yish maqsadida tovar-moddiy boyliklarining respublikaga noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelishiga qarshi muntazam tezkor tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi va Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida navbatdagi nayrang fosh bo‘ldi.
Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro N.B. o‘z avtomashinasiga yuklangan dori vositalarini poytaxtimizdagi buyum bozorlaridan birida shartli xaridorga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Natijada, tegishli hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan qariyb 732 mln. so‘mlik jami 7705 dona «Mesopril KIT» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi