20:25 / 19.04.2021
2 134

231,4 mln. so‘m miqdoridagi qarz kompaniyaga undirib berildi


Toshkent tumanlararo Iqtisodiy sudining 11.09.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor "TOSHKENTGAZSUVQURILISHMONTAJ"dan undiruvchi Hokimlik Yagona Buyurtmachi Xizmati-Injiniring Kompaniyasi foydasiga 231 493 500 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 16.08.2020 yilda Byuroning Mirobod tuman bo‘limi ish yurituviga  kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro hujjati Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarori qarzdorga yuborilgan.

Qarzdor davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlikni qoplamaganligi sababli majburiy ijro harakatlariga kirishildi.

Ijro harakatlari davomida MIB portal elektron dasturi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, olingan javoblarga ko‘ra, qarzdorga tegshili bo‘lgan mol-mulklarga band solingan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning hisob raqamlariga inkassa qo‘yilib qarzdorning hisob raqamidan qarzdorlik to‘liq undirilib, pul mablag‘lari undiruvchining hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 231,4 mln. so‘m miqdoridagi qarz kompaniyaga undirib berildi