O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 87 225 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 19 aprel kuni mamlakatning 11 ta hududida jami 243 ta kasallanish holati aniqlangan.
Yangi kasallanish holatlarining
4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
2 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
4 nafari Namangan viloyatida,
13 nafari Samarqand viloyatida,
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
2 nafari Surxondaryo viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
34 nafari Toshkent viloyatida,
168 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sabab namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, Qoraqalpog‘istonda 9 nafar, Navoiyda 1 nafar, Namanganda 3 nafar, Samarqandda 73 nafar, Sirdaryoda 6 nafar, Surxondaryoda 4 nafar Farg‘onada 2 nafar, Toshkent viloyatida 31 nafar, Toshkent shahrida 96 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 84 533 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 639 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2053 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"