O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi mudiri G‘ulomiddin Xolboyev zakotning ham qazosi bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.
Uning ta’kidlashicha, zakotning ham qazosi bo‘ladi. Bunda berilmagan yillarni taxminan hisoblab ko‘rib, qirqdan birini zakot qilib chiqariladi.
«Zakotni qanday shaklda berish kambag‘alga foydaliroq bo‘ladigan bo‘lsa, shu shaklda bergan afzal. Pandemiya davrida zakot puliga oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olib, bir necha muhtoj kishiga bo‘lib bersa bo‘ladi, vallohi a’lam», — degan G‘ulomiddin Xolboyev.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati 2021 yilgi zakot hisobi, fitr sadaqa va fidya miqdorini e’lon qilingandi. Fatvo hay’ati 1 gramm tillaning bugungi kundagi o‘rtacha narxi 320 ming so‘m ekanini e’tiborga olib, 2021 yil uchun zakot hisobini (85 gramm tilladan) 27 million 200 ming so‘m deb belgiladi. Mazkur qiymatning qirqdan biri (1/40), ya’ni zakot uchun chiqariladigan qismi 680 ming so‘mga teng bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi