14:16 / 21.04.2021
1 769

Jangovar patronlar saqlab kelayotgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


2021 yil 20 aprel kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan Samarqand shahar Mirsaid Baraka ko‘chasida yashovchi Yu.V. ning yashash uyida «Tintuv» tergov harakati o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida ushbu fuqaro yashash uyida 2 dona ov quroli, Kalashnikov avtomati (AK-74) uchun mo‘ljallangan 27 dona 5.45 mm jangovor patronlar va AKM uchun mo‘ljallangan 6 dona 7.62 mm jangovor patronlar, 6 dona 5.5 mm jangovor patronlar, 4 dona paxtovon patronlar, 4 dona 16 kalibrli ov quroli uchun mo‘ljallangan jangovor patronlar, 6 dona 16 kalibrli ov quroli uchun mo‘ljallangan gilzalar, 1 dona jangovor patron hamda Makarov pistoleti uchun mo‘ljallangan 43 dona 9 mm jangovor patronlar, 1 dona ov quroliga tegishli bo‘lgan zatvor, 1 dona ov quroliga tegishli bo‘lgan stvolni, noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida holislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirildi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jangovar patronlar saqlab kelayotgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi