
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 21 aprel kuni Dushanbega O‘zbekiston iqtisodiy bloki vazirlari o‘rinbosarlaridan iborat hukumat vakillari guruhi tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda «Aziya-Plyus» Tojikiston hukumatidagi manbasiga asoslanib.
"Mehmonlar tojik hamkasblari bilan O‘zbekiston rahbarining Dushanbega tashrifi yakuni bo‘yicha imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini tayyorlashni boshlaydi", - degan manba.
Shuningdek, ikki davlat hukumat delegatsiyalari Dushanbe va Toshkentning yaqin istiqbolga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Xabarda aytilishicha, Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 24 aprel kuni Xo‘jandda uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘zbek-tojik hamkorligi masalalari muhokama qilinadi.
Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 10-12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘lishi xabar qilingandi.
Shavkat Mirziyoyev 2018 yil mart oyida, so‘ng 2018 yil sentabr oyining oxirida (MDH Davlat rahbarlari kengashining Dushanbedagi yig‘ilishi), 2019 yil 14 iyunda (Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha konferensiyaning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun) Tojikistonga davlat tashrifi bilan borgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar