Yangihayot tumanida yuk avtomobili ag‘darilishi oqibatida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 22 aprel kuni soat 11:00larda, Toshkent shahar, Yangihayot tumani hududidan o‘tgan 4R-21 avtomobil yo‘lida haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan M.A. "Howo" rusumli yuk transport vositasida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil ag‘darilgan.
Ro‘y bergan hodisa natijasida, avtomobilning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi M.A.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yong‘in bartaraf etilgan. Transport vositasiga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi