13:41 / 26.04.2021
1 495

Giyohvandlik vositasining noqonuniy savdosi fosh etildi


Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy ravishda mamlakatimizga kirib kelishi, saqlanishi va realizatsiya qilinishiga qarshi tizimli ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda giyohvand moddalarni noqonuniy realizatsiyaga qilinishiga qarshi kurashish bo‘yicha Oltiariq tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida fuqarolar X.A. va K.A. shartli xaridorga 85 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 3 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, tekshiruv davomida fuqaro K.A.ning egnidagi kiyimlari cho‘ntaklarida 0,89 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, olingan ashyoviy dalillar 85,89 gramm “marixuana” giyohvandlik vositalari ekanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat