10:33 / 28.04.2021
2 820

O‘zbekistondan 2021 yil boshidan beri 4 ming kishi ko‘chib ketdi


O‘zbekistondan yanvar—mart oylarida jami 4094 kishi boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun jo‘nab ketgan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib Spot.

Ta’kidlanishicha, ushbu raqamlar vaqtinchalik migratsiya ko‘rsatkichlariga tegishli emas. Eng ko‘p odam (3372 kishi) Qozog‘istonga ko‘chib ketgan. Ikkinchi o‘rinda esa Rossiya — 526. Shuningdek, 60 kishi Isroilga, 24 kishi Qirg‘izistonga, 9 kishi Tojikistonga, yana 103 kishi boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketgan.

O‘zbekistonga esa yil boshidan beri 578 kishi ko‘chib kelgan. Bu yerda ham Qozog‘iston birinchi o‘rinda (210 kishi), Tojikiston ikkinchi o‘rinda (137 kishi), Rossiya uchinchi o‘rinda (99 kishi). Shuningdek, 27 kishi Qirg‘izistondan, 21 kishi Turkmanistondan, yana 84 kishi boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan.

Hozirda Qozog‘istonda etnik qozoqlarni mamlakatga qaytarish dasturi amalga oshirilmoqda. Repatriantlarni oralmanlar yoki qandaslar deb atashadi, ular ma’lum imtiyozlarga ega, masalan, ish va uy-joy bilan ta’minlanishda yordam ko‘rsatish, nafaqa, universitetlarga kirishda alohida kvotalar kabi.

2020 yilda ularning soni 12 mingdan oshgan bo‘lib, ularning 30 foizi sobiq o‘zbekistonlikdir. 1991 yildan beri jami 1,7 millionga yaqin etnik qozoq Qozog‘istonga qaytib borgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondan 2021 yil boshidan beri 4 ming kishi ko‘chib ketdi