O‘zbekistondan yanvar—mart oylarida jami 4094 kishi boshqa mamlakatlarga doimiy yashash uchun jo‘nab ketgan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib Spot.
Ta’kidlanishicha, ushbu raqamlar vaqtinchalik migratsiya ko‘rsatkichlariga tegishli emas. Eng ko‘p odam (3372 kishi) Qozog‘istonga ko‘chib ketgan. Ikkinchi o‘rinda esa Rossiya — 526. Shuningdek, 60 kishi Isroilga, 24 kishi Qirg‘izistonga, 9 kishi Tojikistonga, yana 103 kishi boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketgan.
O‘zbekistonga esa yil boshidan beri 578 kishi ko‘chib kelgan. Bu yerda ham Qozog‘iston birinchi o‘rinda (210 kishi), Tojikiston ikkinchi o‘rinda (137 kishi), Rossiya uchinchi o‘rinda (99 kishi). Shuningdek, 27 kishi Qirg‘izistondan, 21 kishi Turkmanistondan, yana 84 kishi boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan.
Hozirda Qozog‘istonda etnik qozoqlarni mamlakatga qaytarish dasturi amalga oshirilmoqda. Repatriantlarni oralmanlar yoki qandaslar deb atashadi, ular ma’lum imtiyozlarga ega, masalan, ish va uy-joy bilan ta’minlanishda yordam ko‘rsatish, nafaqa, universitetlarga kirishda alohida kvotalar kabi.
2020 yilda ularning soni 12 mingdan oshgan bo‘lib, ularning 30 foizi sobiq o‘zbekistonlikdir. 1991 yildan beri jami 1,7 millionga yaqin etnik qozoq Qozog‘istonga qaytib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi