DXX 1 mln dollardan ortiq xorijiy valyutani chetga olib ketayotganlarni ushladi

Jamiyat1 daqiqa o'qish2.1K
DXX 1 mln dollardan ortiq xorijiy valyutani chetga olib ketayotganlarni ushladi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “O‘zbekiston” lokomotiv deposining 2 nafar mashinisti “Chuqursoy-Sarag‘och” yo‘nalishida o‘zlari boshqarib ketayotgan yuk poyezdi elektrovozining xufiyona joylarida 971 ming 50 AQSH dollari, 47 ming 720 yevro, 3 mln 424 ming 500 Rossiya rubli miqdoridagi pul mablag‘larini yashirgan holda Qozog‘istonga olib o‘tmoqchi bo‘lganlarida qo‘lga olindi.

Shuningdek, mazkur elektrovoz “Keles” temir yo‘l bekatiga olib kelinib, qayta tekshiruvdan o‘tkazilganda, mashinist o‘rindig‘i ostiga yashirib qo‘yilgan qo‘shimcha 1 ming 50 AQSH dollari ham aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ushbu xorijiy valyutalarning milliy valyutadagi umumiy qiymati 11 mlrd 277 mln 447 ming so‘mni tashkil etadi.

Dastlabki surishtiruv jarayonlarida Qozog‘istonga olib o‘tish uchun mazkur valyutalarni mashinistlarga Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro berganligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davomida u ham qo‘lga olindi.
Xorijiy valyutalarni qo‘shni davlatga noqonuniy o‘tkazib berish evaziga mashinistlar 300 AQSH dollari olishgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmati Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu pul mablag‘larining haqiqiy egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?