O‘zbekistonda 6 may kuni yana 421 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bundan bir kun oldin mamlakatda 452 kishida kasallik tasdiqlangan bo‘lib, u 2021 yilda qayd etilgan kunlik eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Yangi kasallanish holatlarining:
6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
6 nafari Andijon viloyatida,
7 nafari Buxoro viloyatida,
6 nafari Jizzax viloyatida,
3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
4 nafari Navoiy viloyatida,
5 nafari Namangan viloyatida,
54 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
4 nafari Surxondaryo viloyatida,
5 nafari Farg‘ona viloyatida,
3 nafari Xorazm viloyatida,
77 nafari Toshkent viloyatida,
239 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 93 597 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shimcha qilishicha, Qoraqalpog‘istonda 3 nafar, Andijonda 28 nafar, Jizzaxda 10 nafar, Qashqadaryoda 5 nafar, Navoiyda 5 nafar, Namanganda 9 nafar, Samarqandda 44 nafar, Sirdaryoda 10 nafar, Farg‘onada 10 nafar, Xorazmda 18 nafar, Toshkent viloyatida 59 nafar, Toshkent shahrida 162 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 89 338 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 660 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3599 nafar bemor davolanyapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi