Koronavirusga qarshi emlanishning 2-bosqichida nojo‘ya ta’sirlar takrorlanadimi?

Koronavirusga qarshi emlanishning 2-bosqichida nojo‘ya ta’sirlar takrorlanadimi?
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ushbu savolga javob berdi.

«Vaksinatsiyaning 1-bosqichida emlashdan keyin birinchi 3 kunlikda nojo‘ya ta’sirlar, ya’ni tana haroratini 38° darajagacha ko‘tarilishi, vaksina olgan joyda maxalliy qizarish, bir oz og‘riq yoki bo‘rtib turishlar, ba’zilarda yengil 2-3 kunda o‘tib ketuvchi shamollash alomatlari, nisbatan tanadagi mushaklarda yoki bo‘g‘imlarda 1-2 kunlik og‘riqlar kuzatilgan bo‘lsa, bu holatlar 2-bosqichdan keyin aynan shu odamlarda kuzatilishi ham, kuzatilmasligi ham mumkin.

Vaksinadan keyingi vaqtinchalik reaksiyalar inson organizmining individual moslashuvchanligiga bog‘liq. Agar 1-bosqichdan so‘ng kuchli allergik reaksiya kuzatilgan bo‘lsa, bu haqida shifokorni xabardor qilish kerak.

2-bosqichda ham bu allergik reaksiya kuzatilishi mumkin», deydi Sevara Ubaydullayeva.

Shuningdek, mutaxassis barcha emlanayotganlarni 2-bosqich emlanishdan oldin yana bir bora shifokor ko‘rigidan o‘tishlarini,  qon bosimlarini nazorat qilishlari va emlash kunidagi biror shikoyatlari bo‘lsa albatta tibbiyot xodimiga aytishlari kerakligini eslatgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar