Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Fuqaro I.J., J.X. va D.X.lar oldindan til biriktirib, fuqaro D.ni Qoraqalpoq Davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSH dollari qiymatida 3 000 AQSH dollari va 20 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
«Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam ball to‘plagan abituriyentlarga ham oshirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovini to‘lash sharti bilan o‘qishga kirish imkoniyati yaratilgan.
Agarda o‘qishga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan bo‘lsangiz, oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Kirish imtixonlari bo‘yicha boshqa imtiyozlar haqida shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin», deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi