Foto: RIA «Novosti»
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholining koronavirus infeksiyasi bo‘yicha bergan savollariga javob qaytarildi.
- «Sputnik V» vaksinasi qachon oddiy aholiga qilinadi?
- Sputnik vaksinasining 1 mln. doza olish uchun buyurtma berilgan. Hozirda 50 ming nafar aholini emlash uchun 100 ming doza vaksina olib kelingan. Qolgan buyurtmalar kelishi bilan xavf ostidan tashqari bo‘lgan aholiga ham taklif etiladi.
Faqat xavf osti guruhiga mansub aholini koronavirusga qarshi emlash budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
- Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JST) vaksinalarni favqulodda vaziyatlar uchun yana ikkita vaksinalarni ishlatishga ruxsat bergan edi — «Moderna» va «Sinofarm». Ularni bizning mamlakatimizga olib kelinishi imkoniyati bormi?
- Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra COVAX programmasi doirasida Xitoyning «Sinofarm» firmasida ishlab chiqarilgan vaksina — «Sinovak» vaksinasi O‘zbekistonga olib kelinishi ehtimoli bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin