10:43 / 14.05.2021
1 599

Farg‘onada 34 mln so‘mlik kimyoviy dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi


Foto: Farg‘ona viloyat Bojxona boshqarmasi
Farg‘ona viloyatida bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 34 million so‘mlik kimyoviy dori vositalarini mamlakat hududiga noqonuniy tarzda olib kirish rejasi fosh etildi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyat Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Farg‘ona tumani hududida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida Vodil—Oltiariq yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro B.N. boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi kuzatuvga olingan. Avtomashina to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 34 million so‘mlik 6 turdagi kimyoviy dori vositalari borligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada 34 mln so‘mlik kimyoviy dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi