10:30 / 15.05.2021
1 623

DXX 2 mlrd. so‘mlik dori vositalari kontrabandasiga chek qo‘ydi


Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan «G‘.D.» va 1962 yilda tug‘ilgan «X.O.»larning yashash xonadonlari ko‘zdan kechirildi.

Natijada ulardan hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan 51 turdagi umumiy qiymati 1 mlrd. 300 mln. so‘mlik dori vositalari protsessual tarzda rasmiylashtirilib olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, ushbu dori vositalari qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan viloyat hududiga Yangiqo‘rg‘on tumanidagi aylanma yo‘llar orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilgan.

Shuningdek, Chust tumani «Yuqori G‘ova» mahallasida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan «X.J.» 67 turdagi umumiy qiymati 700 mln. so‘mlik dori vositalarini avtomashinada Qo‘qon shahriga olib ketayotgan vaqtida Pop tumani hududida to‘xtatilib, undan dori vositalari tegishli tartibda olib qo‘yildi.

U mazkur dori vositalarini Qirg‘iziston Respublikasining Ola-buqa tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan shaxsdan olib, aylanma yo‘llar orqali respublikamiz hududiga o‘tkazgan. Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX 2 mlrd. so‘mlik dori vositalari kontrabandasiga chek qo‘ydi