
Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs Chortoq tumanida istiqomat qiluvchi xususiy tadbirkorga bog‘dorchilik bilan shug‘ullanishi uchun Yangiqo‘rg‘on tumani hududidan 10 gektar yer maydoni ajratilishi bo‘yicha tuman xokimining qarorini chiqartirib berishni va’da qilib, o‘zi faoliyat yurituvchi boshqarmaning ma’muriy binosi yonida 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida u ushbu pullarni Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosariga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirilgan va mazkur mansabdor shaxs ham Namangan shahrida 10 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi.

Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari
Tuman xokimligi huzuridagi yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya a’zosi sifatidagi vakolatlaridan foydalanishni rejalashtirgan ushbu yuqori lavozimli shaxs boshqa MCHJga qarashli yer maydonidan 10 gektarini ajratib berishni maqsad qilgan, deyiladi xabarda.
Tezkor tadbir DXX Namangan viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.
Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbaridan 2 ming AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs xizmat mavqeyidan foydalangan holda ushbu MCHJga joriy mavsumda Jizzax shahridagi ijtimoiy soha ob’ektlarida amalga oshiriladigan qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘tkaziluvchi tender savdolari orqali ob’ekt olib berishni va’da qilgan.

Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari
Tezkor tadbir DXX Jizzax viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar