Toshkentda soliq inspektori 3,5 ming dollar, Andijonda 15 mln so‘m bilan ushlandi

Toshkentda soliq inspektori 3,5 ming dollar, Andijonda 15 mln so‘m bilan ushlandi
Yunusobod DSI katta inspektori / Videodan kadr
Toshkent shahar Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori mahalliy MCHJ ta’sischisidan 3,5 ming AQSH dollari miqdorida pora olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs ushbu pul evaziga MCHJda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan kameral tekshiruvda ijobiy xulosa berilishini va’da qilgan.

Tezkor tadbir DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda shahar prokuraturasi va departament tomonidan o‘tkazilgan.
Toshkentda soliq inspektori 3,5 ming dollar, Andijonda 15 mln so‘m bilan ushlandi
Andijon viloyati Buloqboshi tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori 15 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
U mahalliy fuqaroga tegishli bo‘lgan 33 sotix yer maydonining aslida soliqdan qarzdorligi bo‘lmasa-da, 30 mln so‘m qarzi borligini aytib, ushbu qarzdorlikni bartaraf qilib berish evaziga 15 mln so‘m talab qilgan.
Toshkentda soliq inspektori 3,5 ming dollar, Andijonda 15 mln so‘m bilan ushlandi
Buloqboshi tuman DSI bosh inspektori
Toshkentda soliq inspektori 3,5 ming dollar, Andijonda 15 mln so‘m bilan ushlandi
Tezkor tadbir DXX Andijon viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar