
Samarqandda haydovchi signal chalgani sabab tuman IIB YHXB boshlig‘i tomonidan jarima maydonchasiga olib kirib qo‘yilgani aytilmoqda. Bu haqdagi video ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.
8 may kuni Samarqand viloyati Paxtachi tumani IIB YHXB boshlig‘i Tog‘ayev Maqsudga signal chalgan haydovchining avtomobili MJtKning 135-moddasi 1-qismi bilan jarima maydoniga olib qo‘yilgan.
Viloyat IIB Matbuot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayev xabariga ko‘ra, haydovchi bilan muomala madaniyati va odob-ahloq qoidalari to‘g‘risidagi buyruq talablarini buzgan Paxtachi tumani IIB YHXB boshlig‘i Tog‘ayev Maqsudga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar