14:50 / 17.05.2021
1 688

Chilonzorda bo‘sh yer uchun 10 000 AQSh dollari olgan firibgar aniqlandi


Chilonzor tumanida bo‘sh yer maydonini olib berish evaziga fuqaroning 10 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.Yu. fuqaro A.ni ishonchiga kirib, unga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun Chilonzor tumanida bo‘sh turgan yer uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi qalbaki hujjatlarni taqdim etib, shu orqali yer uchastkasida qurilish ishlari olib borishga ruxsat berilganligini ma’lum qilib, evaziga 10 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi, shundan 3 800 AQSh dollarini qaytarib, qolgan 6 200 AQSh dollarini qaytarmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.Yu.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28,211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

«Hurmatli tadbirkorlar, qonunchilikka muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalari faqat e ijro auksion savdo maydonchasida elektron onlayn auksion orqali beriladi.
Agarda, Siz yer uchastkalarini xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, new.e-auksion.uz saytiga murojaat qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda bo‘sh yer uchun 10 000 AQSh dollari olgan firibgar aniqlandi