B.M.Ahmedovni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatining Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan Bahodir Majidovich Ahmedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyatining Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod qilindi.
Madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimida faoliyat yuritgan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan Ahmedov Bahodir Majidovich Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergandik.
B.Ahmedov vazirlikning tuman bo‘limida badiiy rahbar, tuman bo‘limi mudiri, Toshkent shahar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i, vazir o‘rinbosari, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Ayni paytda Chim ustida xokkey federatsiyasi rahbari ham hisoblanadi.
Bahodir Ahmedov 1973 yilda tug‘ilgan. U 1996 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini bitirgan. 2007 yilda Prezident qoshidagi Davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi