Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova maktablarda yakuniy imtihonlar bo‘yicha savolga javob qaytardi.
«Joriy yilda ham o‘tgan yildagi kabi maktablardagi yakuniy imtihonlar bekor qilinadimi, degan savolga, yo‘q bekor qilinmaydi. Bu yil barcha umumta’lim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari o‘tkazilishini ma’lum qilamiz», — dedi XTV matbuot kotibi.
Imtihonlar o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash va karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi nazoratga olinadi.
Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, imtihonlar o‘quv yili yaunlanganidan so‘ng, ya’ni 25 maydan keyin o‘tkaziladi. Har bir maktabda imtihonlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin imtihon o‘tkazish jadvali barcha uchun ko‘rinadigan joyiga osib qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda karantin sabab imtihonlar bekor qilingan va baholar uchinchi chorak ballari asosida chiqarilishi tavsiya etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi